AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ommabop avtomobil modellarini ishlab chiqarish tiklandi

'O`zbekistonda ommabop avtomobil modellarini ishlab chiqarish tiklandi'ning rasmi

“UzAuto Motors” ishlab chiqarish hajmini oshirdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar qilmoqda.

Axborot xizmati xabariga ko`ra,  shu yil iyul oyining o`rtalaridan avgust oyining oxirigacha zavodda modernizasiya ishlari olib borildi.

Shuningdek, yarim o`tkazgichlarning global tanqisligi tufayli Chevrolet Lacetti hamda Chevrolet Spark  avtomobillarining ishlab chiqarilishi ham to`xtatilganligi ma`lum qilingan edi.

Bugungi kunda “UzAuto Motors” kompaniyasi barcha ommabop avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tikladi.

“UzAuto Motors”ning Asaka shahridagi zavodida ishlab chiqarish hajmi kuniga o`rtacha 800 dan ortiq avtomobilga etdi.

Majburiy tanaffusdan so`ng, ishlab chiqarishning yo`lga qo`yilishi, Sizga avtomobilni etkazib berish muddatini qisqartirish imkonini beradi.

 

    Boshqa yangiliklar