AsosiyJamiyat

IIV Toshkentdagi ko`p qavatli uyda yashovchi ikki nafar fuqaro o`rtasidagi janjalni millatlararo nizo sifatida ko`rsatishga urinayotganlarni ogohlantirdi

'IIV Toshkentdagi ko`p qavatli uyda yashovchi ikki nafar fuqaro o`rtasidagi janjalni millatlararo nizo sifatida ko`rsatishga urinayotganlarni ogohlantirdi'ning rasmi

Shu yilning 12 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Uchtepa tumanidagi ko`p qavatli uyda yashovchi ikki nafar fuqaro o`rtasida janjal chiqqanligi haqidagi video tarqaldi.  

Holat bo`yicha ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan qonuniy choralar ko`rilib bu haqda jamoatchilik xabardor etildi.

Biroq, hozirda shunday vaziyat kuzatilmoqdaki, ayrim shaxslar va ijtimoiy tarmoq faollari mazkur maishiy  ziddiyatni millatlararo nizo sifatida ko`rsatishga urinmoqdalar.

O`zbekiston Respublikasi IIV ushbu holat bo`yicha rasmiy munosabat berdi. 

Unda aytilishicha, ushbu maishiy nizo ayrim destruktiv kayfiyatdagi fuqarolar va ijtimoiy tarmoqlar faollari tomonidan xuddiki millatchilik asosiga egadek ko`rsatib tarqatilishi O`zbekiston Respublikasining “Jamoat nazorati to`g`risida”gi Qonuni talablarining bevosita buzilishi hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsiy qarashlari va ijtimoiy mavqeidan qat`iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga ega.

Fuqarolar o`rtasida yuzaga kelgan nizolar faqat huquqiy tartibda hal etiladi.  

Eslatib o`tamiz, milliy, irqiy, etnik yohud diniy masalalarda adovatni qo`zg`atuvchi axborotlarni tarqatish ma`muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladi.  

    Boshqa yangiliklar