AsosiyJamiyat

Navoiyda to`qqiz yoshli bola yong`indan qutqarib qolindi

'Navoiyda to`qqiz yoshli bola yong`indan qutqarib qolindi'ning rasmi

Kuni kecha, 24 sentyabr kuni soat 11:46 da Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Navoiy shaxar “Gulzor” MFY Nizomiy ko`chasidagi xonadonlardan birida yong`in sodir bo`layotganligi hamda uyda yosh bola qolganligi to`g`risida tashvishli xabar kelib tushgan. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Mazkur xabar asosida qutqaruvchilar darhol maxsus texnikalar yordamida xonadon eshigini ochib, uy egasining 2012 yilda tug`ilgan o`g`lini tutun qoplagan xona ichidan hushsiz holatda qutqarib olib chiqishgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirishgan.

Yong`inga 2 ta yong`in-qutqaruv guruhi va 1 ta avtonarvon texnikalari jalb qilingan. Yong`in soat 11:53 da to`liq bartaf etilgan, yong`in oqibatida xonadoning 10 kv.m maydonida uy jixozlari yonib zararlangan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida xonadonning 45 kv.m. maydoni yong`indan saqlab qolingan.

Bugun, 25 sentyabr` kuni shifoxonada bolaning ahvoli yaxshilanganligi sababli onasi bag`riga sog`-salomat topshirilgan.

Hozirda yong`in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar