AsosiyDunyo

Rossiyalik taniqli aktyor Albert Filozov vafot etdi

Rossiya xalq artisti Albert Filozov 79 yoshida Moskva shahrida vafot etdi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda

Mazkur mudhish xabarni “Zamonaviy pesa maktabi” teatri rejissyori Iosif Rayxelgauz ham tasdiqlagan.

Filozovning ahvoli bir necha kun avval yomonlashgan. Shifokorlar uni shifoxonada saqlash befoyda ekanligini aytishganidan so`ng, uni uyga olib ketishgan.

Albert Filozov — “Ideal er”, “Sizning tushingizga ham kirmagan”, “Biz bo`lmasak kim?” kabi filmlarda suratga tushgan.

Boshqa yangiliklar