AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston hududining katta qismida quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi

'Bugun O`zbekiston hududining katta qismida quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. 

Respublikaning shimoliy hududlarida beqaror ob-havo bo`lishi kutilmoqda, ushbu viloyatlarga salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Kechga tomon Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatining ba`zi joylarida yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 32-37° ni, shimolda 22-27° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo 34-36° gacha isiydi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-27° bo`ladi. 


 

    Boshqa yangiliklar