Kinematografiya agentligi tomonidan 28 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar o`tkazilayotgan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida 30 ga yaqin mamlakatdan taniqli kinoyulduzlar ishtirok etadi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qilishicha, ular orasida amerikalik taniqli aktyor, kinoprodyuser, ssenarist, kinorejissyor Stiven Sigal ham Toshkentga tashrif buyuradi.
Stiven Sigal Toshkent xalqaro kinofestivalining faxriy mehmoni bo`lib, u Samarqand viloyatidagi yangi Family Park kinoteatrini ochilish marosimida ishtirok etadi.
Aktyor festival doirasida kinoaktyorlik va rejissura bo`yicha bir qator mahorat darslarini o`tadi.
Eslatib o`tamiz, «Ipak yo`li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali 28 sentyabrdan 3 oktyabrgacha o`tkaziladi.






