Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlarining hamkorlikdagi “Qidiruv” tezkor profilaktik tadbiri davomida yana bir qidiruvdagi shaxs qo`lga olinadi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinicha, O`zbekiston Respublikasi JK.ning 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, dastlabki tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan 2021 yil 17 avgust kunidan qidiruv e`lon qilingan, Buxoro shahar “Istiqlol” mahallasida ro`yxatda turuvchi, 1964 yilda tug`ilgan N.B. ismli shaxs Rossiya Federasiyasining poytaxti Moskva shahrida ekanligi aniqlanib, O`zbekiston Respublikasiga kelishi ta`minlandi.
Aybdor “Buxoro halqaro aeroporti”da qo`lga olinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.






