Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, "Namuna" MFY hududida joylashgan (bugungi kunda yaroqsiz holga kelib qolgan) "Ohangaron hayoti" binosida buzish ishlari qonuniy tartibda amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu borada shahar hokimi qarori qabul qilingan va tomonlar (provaslav cherkovi va tahririyat) o`rtasida bino-inshootni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangan.
Mazkur binodagi gazeta arxivi saqlanayotgan xonaga esa hali zarar etkazilmagan. U erdagi mulkni olib chiqib ketish bo`yicha tahririyat vakillari bir necha bor ogohlantirgan. Qolaversa, ikki oy avval shahar hokimligi kanalida binoning buzilishi haqida bildirish e`lon qilingan.
"Ohangaron hayoti" gazetasi uchun shahar hokimligi balansida bo`lgan boshqa bino qayta ta`mirlab berish sharti bilan ajratilgan. (Ushbu bino tahririyat tomonidan qabul qilib olingan)
Yuqoridagilarni inobatga olib, shuni ma`lum qilamizki, avval "Ohangaron hayoti" gazetasiga tegishli bo`lgan binoni buzilishida hech qanday g`ayriqonuniy harakatlar amalga oshirilmagan.
Holat bo`yicha batafsil ma`lumot beriladi.






