AsosiyJamiyat

Bugundan boshlab O`zbekistonda havo sezilarli darajada salqinlashadi - "O`zgidromet"

'Bugundan boshlab O`zbekistonda havo sezilarli darajada salqinlashadi - "O`zgidromet"'ning rasmi

Bugundan boshlab salqin havo O`zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo`yicha harorat  keskin pasayadi va hafta birinchi yarmida kunduz kungi havo harorati 23-27 daraja issiq, kechasi 12-15 daraja iliq atrofida bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30 sentyabrda kechasi 7-12°, 1 oktyabrda 5-10°, kunduzi 28-29 sentyabrda 20-25°, 30 sentyabrda 15-20°, 1 oktyabrda 13-18° bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-29 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°, 30 sentyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo`ladi, 1 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 17-22° bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-29 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°, 30 sentyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo`ladi, 1 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 17-22° bo`ladi. 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-29 sentyabrda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°, 30 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo`ladi, 1 oktyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 28-29 sentyabrda 23-28°, 30 sentyabrda 20-25° bo`ladi, 1 oktyabrda kechasi 10-15°.

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-29 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 15-20°, 30 sentyabr va 1 oktyabr kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar