Texnik nosozlik tufayli yo`lovchilar bekatga tushirildi, deya xabar bermoqda "Toshkent metropoliteni" UK Axborot xizmati.
Aniqlanishicha, bugun, 27 sentyabr kuni soat 10:20 atrofida "Xalqlar do`stligi" bekatidan harakatlanishi lozim bo`lgan 3-yo`nalishdagi harakat tarkibida, texnik nosozlik aniqlangan. Harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida, yo`lovchilar bekatda tushurilgan. Harakat tarkibi texnik ko`rik punktiga jo`natilgan.
"Keltirilgan noqulayliklar uchun yo`lovchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda






