AsosiyJamiyat

"Prava" almashtirish mashmashasi. Muammo nimada?

'"Prava" almashtirish mashmashasi. Muammo nimada?'ning rasmi

So`nggi kunlarda Davlat xizmatlari markazlarida haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun tashrif buyuruvchi fuqarolar oqimi oshgan. Bu esa, Davlat xizmatlari markazlarida uzun navbatlar hosil bo`lishiga sabab bo`lmoqda.  

Davlat xizmatlari agentligi uzun navbatlar hosil bo`lishiga sabab bo`layotgan omillarni tahlil qildi.

Ma`lum qilinishicha, bugungi kunda 5 793 000 nafar haydovchilarning 3 600 000 nafari haydovchilik guvohnomasini almashtirgan. Shundan 2 milliondan ortiq haydovchining guvohnomasi almashtirilmadi.  

Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati esa 2021 yilning 31 dekabr.  

️2022 yil 1 yanvardan boshlab, eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Haydovchilarga yordam berish va muammoni echish uchun mas`ullar nima choralarni ko`rdi?

  • birinchidan, milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish uchun Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek, Yakkasaroy va Sergeli tumanlari Davlat xizmatlari markazlariga ham murojaat qilish imkoniyati yaratildi;  

 

  • ikkinchidan, fuqarolarimiz ️haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun ro`yxatdagi Davlat xizmatlari markazlarig (https://t.me/davxizmat/7087)a dam olish kunlari (shanba va yakshanba, ! bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 15:00 gacha ham murojaat qilishlari uchun sharoit yaratildi;  

 

  • uchinchidan, DXMlar orqali "prava" almashtirish uchun onlayn ariza yuborish imkoni berildi;

 

  • to`rtinchidan, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish xizmatidan foydalanish uchun DXMlarga tashrif buyuruvchilar oqimi katta bo`lganligi sababli, Toshkent shahridagi DXMlarda erta tong soat 7.00dan boshlab FAQATGINA haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish xizmati ko`rsatish yo`lga qo`yildi.️ Qolgan xizmatlar, odatdagi rejimda soat 9.00dan boshlab ko`rsatiladi.  

 

Davlat xizmatlari agentligi fuqarolardan davlat xizmatlaridan foydalanishda tartibni saqlashni, elektron navbatga rioya qilishni hamda o`zaro hurmatni saqlab, sabrli bo`lishni so`ramoqda.

    Boshqa yangiliklar