Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2021 yilning yanvar-avgust oylarida qiymati 2,6 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 2,5 ming tonna sarimsoqpiyoz eksport qilgan.
Sarimsoqpiyoz eksporti o`tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 765,7 tonnaga oshgan.
2021 yilning 8 oyida O`zbekiston sarimsoqpiyoz eksport qilgan asosiy davlatlar:
🔷 Rossiya – 1,3 ming tonna
🔷Qozog`iston – 625 tonna
🔷 Qirg`iz R. – 326 tonna
🔷 Ukraina – 190 tonna
🔷 Turkmaniston – 70 tonna
🔷 Mongoliya – 36 tonna
🔷 Belarus – 16 tonna






