AsosiyJamiyat

O`zbekiston 8 oyda xorijdan nechta engil avtomobillar import qilgan?

'O`zbekiston 8 oyda xorijdan nechta engil avtomobillar import qilgan?'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O`zbekiston 22 ta xorijiy davlatlardan qiymati 316,6 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan qariyb 15 mingta engil avtomobillar import qilgan.

 

Engil avtomobillar importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4350 taga kamaygan.

 2021 yilning o`tgan 8 oyi mobaynida O`zbekiston engil avtomobillarni eng ko`p import qilgan davlatlar:

🔷 Xitoy – 4 652 ta

🔷 Koreya – 3 597 ta

🔷 Rossiya – 2 952 ta

🔷 Qozog`iston – 1 744 ta

🔷 Polsha – 811 ta

🔷 Litva – 427 ta

🔷 AQSh – 331 ta

🔷 Tailand – 250 ta

🔷 Germaniya – 81 ta

🔷 Yaponiya – 64 ta

🔷 Turkiya – 25 ta

 2021 yilning avgust oyida O`zbekistonga xorijdan 69 ta elektromobil import qilingan.

 

    Boshqa yangiliklar