AsosiyJamiyat

Mitxun Chakraborti: "Yangi O`zbekistonning bugungi o`zgarishlaridan hayratdaman..."

'Mitxun Chakraborti: "Yangi O`zbekistonning bugungi o`zgarishlaridan hayratdaman..."'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Bollivud yulduzi Mitxun Chakraborti ham yurtimizga tashrif buyurdi. Afsonaviy aktyor jurnalistlar bilan uchrashib, Yangi O`zbekiston va o`zbek kinosi to`g`risida haqida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

– Sizni O`zbekistonda ko`rganimizdan xursandmiz, oldin ham bu erda bo`lgansiz? Bugun qanday o`zgarishlarni sezdingiz? Nimalar sizni hayratlantirdi.

– Birinchi marta Toshkentga hamkorlikda film ishlaganimizda kelgandim, bir oy davomida bu erda yashaganmiz, ammo mamlakat bilan yaqindan tanishish imkoni bo`lmagan. O`zbeklar to`g`risida kam bilardim, ochig`i.

Toshkentga kelib, to`g`risi, hayratimni bekita olmadim. Aeroportni o`zidayoq ulkan o`zgarishlarni ko`rib, xuddiki o`zimni Evropaga kelib qolgandek his qildim. Albatta juda ham chiroyli, mehrli xalqingiz ham o`zgarishlarga ko`rk beryapti. O`zbekiston va Hindiston o`rtasida azaldan juda yaqin do`stona aloqalar bo`lgan va bugun ham bu aloqalar nafaqat kino va seriallar, balki barcha sohalarda davom etib kelyapti. Bular meni faqat quvontiradi. Aytishim mumkinki, Toshkentga kelib, O`zbekiston yangi taraqqiyot bosqichiga chiqib, yanada rivojlanib chiroy ochganiga guvoh bo`ldim.

–Yangi O`zbekistonni uch so`z bilan tasvirlab bering

– Hayratlanarli, chiroyli, mehmondo`st

–O`zbek filmlarini Markaziy Osiyodagi roli haqida nima deya olasiz?

– Texnika nuqtai nazaridan yangi bosqichga ko`tarilish zarur. O`zbek kinoindustriyasi hamkorlikni yanada kuchaytirishi kerak. Men o`zbek filmlaridunyoga chiqishini xohlayman. Hamkorlik qilish va rivojlanish zarur.

– O`zbekistondagi qaysi shaharni yoqtirasiz?

–Ko`p joylarda bo`ldim, ammo Toshkent men uchun hammasidan sevimli.

– Sizningcha, Toshkent xalqaro kinofestivali orqali dunyoga Yangi O`zbekistonning qanday jihatlari namoyon bo`ladi?

–Ayni paytda Toshkent Xalqaro kinofestivalining O`zbekistonda o`tkazilishi juda muhim voqea deb ayta olaman. Juda ko`plab yulduzlar dunyoning turli nuqtalaridan tashrif buyuradi. Bu kabi tadbirlar davlat obro`sini yuksaltiradi. Bu erda bo`lgan har bir yulduz o`z xotiralari, taassurotlari, bilan o`rtoqlashadi. Yulduzlarning fikri albatta ko`p odamlarni e`tiborsiz qoldirmaydi. Tabiiy O`zbekistonga qiziqish yanada ortadi. Iqtisodiyot, davlat imiji yuksaladi. 

-Hayotda siz uchun nima muhim? Nimani yo`qotishdan qo`rqasiz?

-Men kino aktyorman, shu bilan birga to`rt farzandning otasiman. Oila boshlig`iman. Men doimo sevimli inson bo`lishni, odamlarga kerakli bo`lishni xohlayman va shu mehrni doimo berishga harakat qilaman. Ammo bugun hayotimizda judayan negativ fikrlaydigan insonlar ko`payib ketyapti. Bir haqiqat aniq negativ fikrlaydigan inson hech qachon yutmaydi

Oilam men uchun eng muhim, uni yo`qotishdan qo`rqaman. Film – hayotimning bir qismi. Uchrashuvlarda seni tumonat odam o`rab oladi, dastxat so`raydi, yaxshi ko`rishlarini aytadi. Bu ham xudo in`om etgan baxt. Ammo oila sevgisi men uchun eng qadrli 

Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori F.Abduxoliqov M.Chakrabortiga hamkorlikda film suratga olish taklifini bildirib, unda rol ijro etishga munosabati bilan qiziqdi. M.Chakraborti bajonidil rozi bo`lishini, hamkorlikdan faqat xursand ekanini aytdi.

 

    Boshqa yangiliklar