AsosiyJamiyat

"Turizm fidoyisi" ko`krak nishoni o`z egalariga topshirildi

'"Turizm fidoyisi" ko`krak nishoni o`z egalariga topshirildi'ning rasmi

27 sentyabr kuni Butunjahon sayyohlik kuniga bag`ishlangan tantanali oqshom bo`lib o`tdi. Tantanali kechaning mehmonlari vazirlik va idoralar, diplomatik korpuslar, xalqaro tashkilotlar – BMT, BMT Taraqqiyot dasturi, USAID, YUNICEF, YUNESKO, Jahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki vakolatxonalari, shuningdek, taniqli san`atkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni tantanali ravishda Bosh vazir o`rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi, deya xabar berdi Darakchi.uz muxbirlari.  

""Ishonchimiz komilki, bu kabi tadbirlar turizm sohasini rivojlantirish, yurtimizga xorijiy sayyohlarni jalb qilish hamda jahon ommaviy axborot vositalari vakillari eʼtiborini jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi, shuningdek, Oʻzbekistonning eng jozibali va xavfsiz sayyohlik yoʻnalishlaridan biri sifatidagi nufuzi yanada oshirish yoʻlida xizmat qiladi.  

Shunday ekan, bugungi qutlugʻ sana bilan turizm sohasi hamda unga aloqador boʻlgan yoʻnalishlarda faoliyat yurituvchi siz azizlarni chin dildan tabriklaymiz",–deydi vazir.  

Tadbirda qayd etilishicha, Turizm sohasidagi yutuqlarni rag`batlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-sonli qarori bilan Turizm sektori vakillarini mukofotlash tartibi to`g`risidagi nizomi – "Turizm fidoyisi" tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qo`shgan davlat organlari, jamoat tashkilotlari, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar xodimlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek chet eldagi vatandoshlar xizmatlari va faol targ`ibot ishlari uchun ko`krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Butunjahon turizm kuniga bag`ishlangan tantanali oqshom doirasida "Turizm fidoyisi" laureatlariga ko`krak belgisi mukofotini topshirish marosimi bo`lib o`tgan.

Boshqa yangiliklar