1

Kun hikmati

Mutolaa 12.04.2016, 12:44
Kun  hikmati

Jahl ahli bila kimki ulfat bo`lg`ay,
Ul ulfati ichra yuz ming ofat bo`lg`ay.

Alisher Navoiy

Haddan oshgan g`azab qo`rquv tug`dirur, me`yorsiz erkalash olomon ko`z o`ngida obro`yingni to`kur. Barchaning joniga tegar darajada shafqatsiz va uchragan kimsa seni turtib ketar darajada mo`min bo`lma.

Sa`diy

Achchiq ustida hech narsani boshlama! Bo`ron paytida kemaga o`tirgan odam ahmoqdir.

Gaug

Odamlar doimo g`azabimdan es-hushimni yo`qotib qo`yibman, deb yuradilaru, aslida o`sha paytda o`zlarining haqiqiy basharalarini ko`rsatadilar.

Xou

G`azab-ojizlik quroli. 
Jazava-zaiflik alomati.

Dyuma

G`azabning emas, aqlning ovoziga quloq sol.

Shekspir

G`azab boshqalarga qanchalik yoqimsiz bo`lmasin, g`azablanayotgan odamga ko`proq og`ir. G`azab bilan boshlangan narsa uyat bilan tugaydi.

Tolstoy

Janjalga ikki kishi kerak: hech qachon o`shalarning biri bo`lmang.

Lebbok

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1