Ijtimoiy tarmoqda "Navoiyda GAI xodimi haydovchiga tonirovka uchun bayonnoma yozib qo`yib yubordimi?" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazildi.
Tekshiruv xulosasiga ko`ra, 2021 yil 15 avgust kuni "Toyota Land Cruiser" rusumli avtomobilning yon oynasi qoraytirilganligi bo`yicha ma`lumotlarni planshet orqali tekshirishda uzilishlar sabab aniqlik kiritish imkoni bo`lmaganligi inobatga olinib, YPX xodimi A.Umedov kelgusida xato va kamchiliklarsiz xizmat olib borishi bo`yicha ogohlantirildi.