AsosiySport

Xalqaro Paralimpiya qo`mitasi prezidenti O`zbekistonga keldi

'Xalqaro Paralimpiya qo`mitasi prezidenti O`zbekistonga keldi'ning rasmi

Xalqaro Paralimpiya qo`mitasi prezidenti Endryu Parsons O`zbekiston Milliy paralimpiya qo`mitasi taklifiga binoan yurtimizga keldi.
 

Mehmon  O`zbekiston Milliy paralimpiya qo`mitasi, Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo`mitasi va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida tantanali kutib olindi.  Endryu Parsons O`zbekistonga ilk  tashrifidan mamnun ekanini bildirdi.

Xalqaro Paralimpiya qo`mitasi prezidenti yurtimizda 2 oktyabrga qadar bo`ladi. Uning bu tashrifi, albatta, bejiz emas. Chunki malakatimiz paralimpiyachilaridan iborat jamoamiz shu yil Tokioda bo`lib o`tgan Paralimpiya o`yinlarida 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza jami 19 ta medal qo`lga kiritgan holda 168 ta mamlakat vakillari qatnashgan dunyoning yirik sport anjumanida umumjamoa hisobida 16-o`rinni egaladi. Martabali mehmon  yurtimizda Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish borasida bir qator rasmiy uchrashuvlar o`tkazishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar