Afsonaviy Oksana Chusovitina yana sportga qaytishini ma`lum qildi.
"Zamon.uz" xabariga ko`ra, u 30 sentyabr kuni o`zining “Instagram” sahifasida sportga qaytishini va 2022 yil Xitoy davlatida bo`lib o`tadigan Osiyo o`yinlarida ishtirok etishini aytgan:
«Men barchaga shuni ma`lum qilamanki, 2022 yilgi Osiyo o`yinlariga tayyorgarlik ko`rishga qaror qildim. Men o`z faoliyatimni O`zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman» — deydi Oksana Chusovitina.
Eslatib o`tamiz, Chusovitina “Tokio-2020” Olimpiadasida sportdagi faoliyatiga yakun yasagan edi. U sakkiz bor Olimpiya o`yinlarida ishtirok etib, Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan.






