1

Samvel Babayan JCh–2018 turniri 3-saralash bosqichi qur`a natijasiga o`z munosabatini bildirdi

Sport 13.04.2016, 12:02
Teglar: JCh-2018
Samvel Babayan JCh–2018 turniri 3-saralash bosqichi qur`a natijasiga o`z munosabatini bildirdi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Jahon chempionati 2018 saralashining uchinchi bosqichi uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Uning natijalariga ko`ra O`zbekiston “A” guruhidan o`rin oldi va unga Eron, Janubiy Koreya, Xitoy, Suriya hamda Qatar terma jamoalari qarshilik qiladi.

Marosimda ishtirok etgan O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan O`zbekiston futbol federasiyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida qur`a natijalari va saralashning uchinchi bosqichi borasidagi fikrlari bilan  o`rtoqlashdi.

“Bugun muhim kun edi. Muhimligi, bizning guruhga qanday darajadagi raqiblar tushgani e`tiboridan emas – bu bosqichda osonlik bilan engish mumkin bo`lgan raqibning o`zi bo`lmaydi – aynan raqiblar nomlarini bilib olish va shu kun, mana shu daqiqadan tayyorgarlikni boshlash, guruhimizdagi jamoalarni o`rganish jarayoniga kirishish nuqtai nazaridan kelib chiqib aytyapman. Mana endi biz keyingi bosqich tayyorgarligiga to`laqonli kirishishimiz, raqib jamoalar o`yinlarini tahlil etishni boshlashimiz, o`rtoqlik o`yinlari o`tkazish uchun saralashdagi raqiblarimiz darajasi, o`yin saviyasiga yaqin jamoalar tanlashimiz mumkin. Raqiblarga keladigan bo`lsak, ularning hech biri bu ergacha tasodifan etib kelmadi. Guruhda bir-biriga munosib jamoalar yig`ilgan. Yaqqol favoritlar yoki autsayderlar yo`q. Hozir har bir o`yinga hayotimizdagi eng muhim o`yindek munosabatda bo`lishimiz kerak. Har bir o`yin alohida syujet, alohida tarix. Biz uchun eng asosiysi - ayni vaqtda birinchi o`yinda g`alaba qozonib olish”, - deydi Samvel Babayan.

Sharhlar

JCh–2018. Qatar termasi O`zbekistonga ajoyib imkoniyat yaratib berdi (Video)

14.06.2017, 03:40

O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 saralashidagi raqibi – Janubiy Koreya terma jamoasi 8-turda Qatar mehmoni bo`ldi. Gollarga boy kechgan o`yinda qatarliklar 3:2 hisobida zafar quchdi....
Karlush Keyrush: O`zbekiston terma jamoasiga qolgan o`yinlarda omad tilayman

13.06.2017, 01:50

Osiyo mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o`rin olgan Eron – O`zbekiston (2:0)2:0) uchrashuvidan keyin o`tkazilgan matbuot anjumanida eronliklar ustozi Karlush Keyrush o`z...
Samvel Babayan: Jahon chempionatiga chiqish uchun oxirigacha kurashamiz

13.06.2017, 01:18

Osiyo mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o`rin olgan Eron – O`zbekiston (2:0)2:0) uchrashuvidan keyin o`tkazilgan matbuot anjumanida Samvel Babayan o`z fikrlari bilan...
​JCh–2018. Uelsda yana durang, Ispaniya qiyin g`alabaga erishdi

12.06.2017, 09:06

UEFAga a`zo mamlakat terma jamoalari o`rtasida JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 6-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Serbiya terma jamoasi o`z maydonida Uelsni qabul qildi va 1:1 hisobida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1