Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Kinematografiya agentligi tomonidan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali bo`lib o`tmoqda.
Kecha Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda agentlik buyurtmasiga binoan Spectre studiyasi tomonidan suratga olingan “Bir kunlik to`y” kinokomediyasining katta premerasi bo`lib o`tdi.
Avval sahnaga film ijodkorlari tashrif buyurishdi va taassurotlarini so`zlab berishdi. So`ng kinokartina namoyish etildi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissër Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Izzatilla Lutfullaev, postanovkachi rassom Akmal Saidov, ijrochi prodyuser Davronxo`ja Abdug`aniev, muharrir Furqat Usmonov.
Aktyorlar Baxtiyor Turg`unov, Xayrulla Sa`diev, Matyoqub Matchonov, Muxabbat Abdullaeva, Anvar Nazarov, Asal Abdullaeva, Sitora Farmonova, Shohrux Hamdamov, Muxammadjon Bobojonov, Anvar Salimov va boshqalar.






