AsosiyMadaniyat

Jerar Deparde O`zbekiston haqidagi filmini taqdim etdi

'Jerar Deparde O`zbekiston haqidagi  filmini taqdim etdi'ning rasmi

Kecha Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida Respublika Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Arno Frile rejissyorligida suratga olingan   "Mening o`zbekcha tushim" ("Moy uzbekskiy son") filmi namoyish etildi.  

Kinokartinada bosh rolni taniqli aktyor Jerar Deparde ijro qilgan.  

Namoyishdan oldin film ijodkorlari ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi. Jerar Deparde uchrashuvda  O`zbekistonga avval ko`p bora kelgani va safarlaridagi xotiralari bilan bo`lishdi. Shuningdek, kinofestivalga taklif etilgani uchun o`z minnatdorchiligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar