44 yoshli Kristina Kristina Orbakayte o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali qimmatbaho xarididan muxlislarini boxabar qildi. Bu haqda “Cosmopolitan” nashri xabar bermoqda.
Kristina o`ziga Tesla Model X elektromobilini sotib olgan. Ushbu avtomobil tabiatga zarar etkazmaydi va benzin yoqilg`isisiz harakatlanadi. Kristina avtomobilni AQShning Mayami shtatida xarid qildi. Xonanda ayni damda oilasi bilan u erda hordiq chiqarmoqda.
Ekologiyaga zarar etkazmaydigan avtomobil xonandaga 132 ming dollarga tushgan.