AsosiyDunyo
3953

AQShlik 72 yoshli ayol sahroda 9 kun qolib ketdi

AQShning Arizona shtati sahrolarida adashib qolgan 72 yoshli ayol to`qqiz kun deganda topildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Ayol to`qqiz kun davomida faqat suv va turli o`simliklar bilan kun kechirdi. Shtat jamoat xavfsizligi departamentidan ma`lum qilishlaricha, Enn Rojers sahroga etganida uning avtomobilidagi yoqilg`i tugab qoladi. Buning ustiga uning telefoni quvvati ham  pand berdi. Shunday qilib, ayol to`qqiz kunduz va kechani kimsasiz sahroda o`tkazdi.

3 aprel kuni polisiyachilar pensionerning avtomobilini ko`rib qolishdi. Bir necha kundan so`ng ayol yordamga chaqirish maqsadida cho`plardan yozilgan xabarni payqashdi.

9 aprel kuni esa qutqaruvchilar Rojersni topib olishdi. Keksa ayolni shifoxonaga yotqizishdi. Biroq uning ahvoli yaxshi.

Boshqa yangiliklar