AsosiyDunyo

Indoneziyada Xitoy-O`zbekiston hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksinadan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi

'Indoneziyada Xitoy-O`zbekiston hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksinadan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi'ning rasmi

Indoneziya Oziq-ovqat mahsulotlari va dori preparatlari nazorati agentligi (BPOM) Xitoy-O`zbekiston hamkorligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 (xalqaro nomi Zifivax) vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi.  Bu haqda BPOM rahbari Penni K. Lukito shu munosabat bilan tashkil etilgan press-konferensiyada ma`lum qildi.  

Penni K. Lukito mazkur vaksinaning I, II va III faza tadqiqotlari  uning nojo`ya ta`sirlari kamligini ko`rsatganini hamda vaksinaning 3-dozasidan keyin 7 kun o`tgach samarasi 81,71% ni tashkil etganini qayd etdi.  

ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining III faza sinovlari Indoneziyaning Bandung shahrida o`tkazilgan bo`lib, unda jami 4000 nafar ko`ngilli ishtirok etgan. Jami sinovlarda butun dunyodan 28 ming nafar ko`ngillilar qatnashganlar.  

Indoneziya OAVlarida xabar berilishicha, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi Covid-19 virusiga qarshi umumiy 92,92% foiz samaradorlikni ko`rsatgan. Indoneziyada shu paytgacha Bio Farma, Moderna, Pfizer, AstraZeneca, Sinopharm, up CanSino kabi vaksinalar qo`llangan.

Indoneziya  Xalqaro Farmasevtik inspeksiyalar hamkorligi tizimi   (Pharmaceutical Inspection Co-operation Scheme  PIC/S) a`zosi bo`lib, mazkur tizim farmasevtika preparatlarini davlat ro`yxatidan  o`tish davrida ularning sifatini baholovchi, ishlab chiqarish sifatini nazorat qiluvchi organ hisoblanadi. Bu preparatlar inspeksiyasiga qo`yiladigan talablarning ma`lum standartizasiyasini nazarda tutadi hamda mahsulot sifatini kafolatlaydi. Shuningdek, PIC/S mamlakatda GMP me`yorlariga to`liq rioya qilinishini nazarda tutadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar