AsosiyDUNYO

Ayolning yo‘qolgan telefonidan foydalanib, 11,5 million so‘mni yechib olgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Ayolning yo‘qolgan telefonidan foydalanib, 11,5 million so‘mni yechib olgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida ayolga tegishli yo‘qolgan telefondan foydalanib, bank kartasidagi 11,5 million so‘mni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, ayol kechki payt ko‘chada sayr qilib yurgan vaqtida mobil telefonini yo‘qotib qo‘ygan va bu haqda Shayxontohur tumani IIB Tergov bo‘limiga murojaat qilgan.

Telefonni 2008 yilda tug‘ilgan A. ismli shaxs topib olgan. U qurilmadan noqonuniy ravishda foydalanib, jabrlanuvchining plastik kartasiga ulangan mobil ilovaga kirgan.

Shundan so‘ng u karta hisobidagi 11 million 500 ming so‘mni yechib olib, mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun sarflagan.

Shayxontohur tumani IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanib, ushlangan va tergov bo‘limiga topshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar