AsosiyJAMIYAT

Zangiotadagi do'konda chiqqan yirik yong'in o'chirildi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yong'in oqibatida do'konlarning taxminan 400 kvadrat metr qismi zararlangan.

'Zangiotadagi do'konda chiqqan yirik yong'in o'chirildi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan do'konlardan birida sodir bo'lgan yirik yong'in to'liq bartaraf etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, yong'in bugun, 6 avgust kuni soat 14:09 da to'liq o'chirilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yong'in oqibatida do'konlarning taxminan 400 kvadrat metr qismi zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.

Eslatib o'tamiz, yong'in Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi "Tokzor" mahallasi hududida joylashgan do'konlardan birida sodir bo'lgan. Xabar kelib tushgach, voqea joyiga yong'in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan etib borib, yong'inni bartaraf etish ishlarini boshlagan edi.

Ayni paytda yong'inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdoriga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar