AsosiyJAMIYAT

Jizzaxlik blogger Orzigul O‘razmatova avtohalokatda vafot etdi

Ma’lum bo‘lishicha, Sharof Rashidov tumanida istiqomat qilgan Orzigul O‘razmatova 21 yoshda bo‘lgan.

'Jizzaxlik blogger Orzigul O‘razmatova avtohalokatda vafot etdi'ning rasmi

Jizzax viloyatida tanilgan bloger Orzigul O‘razmatova yo‘l-transport hodisasi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, fojia 5 avgust kuni soat taxminan 03:00 larda Jizzax shahridagi O‘ratepalik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi Islom Karimov ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Orzigul O‘razmatova boshqaruvidagi "Gentra" rusumli avtomobil "Qaliya MFY – Orom bozor" yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.

Oqibatda haydovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay, uning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan.

Avtomobilda yo‘lovchi sifatida bo‘lgan 2008 yilda tug‘ilgan I.M. ham jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Sharof Rashidov tumanida istiqomat qilgan Orzigul O‘razmatova 21 yoshda bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Darakchi.uz tahririyati marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.

    Boshqa yangiliklar