Joriy yilning 28 aprel – 1 may hamda 3-5 may kunlari Toshkent va Farg`ona shaharlarida bolalar va yoshlar uchun “Shum bola” o`zbek va nemis kinolari III festivali o`tkaziladi.
Tadbir “O`zbekkino” Milliy agentligi Tashqi ishlar vazirligi va Gyote instituti Toshkent filiali bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan 15 aprel kuni Kinochilar uyining anjumanlar zalida tadbir tashkilotchilari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tadi.