AsosiySiyosat

Abdulaziz Kamilov Fransiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Aurelia Bushezni qabul qildi

'Abdulaziz Kamilov Fransiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Aurelia Bushezni qabul qildi'ning rasmi

 Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun,  8 oktyabr kuni Fransiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Aurelia Bushezni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi ma`lum qildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, avval turli darajalarda erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilish jarayoni ko`rib chiqilgan. 

Siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi almashinuvlarni jadallashtirish imkoniyatlari muhokama qilingan.

"O`zbekistonning Evropa Ittifoqi “GSP+” preferensiyalar bosh tizimi benefisiari maqomini olishi Fransiya bilan o`zaro savdo uchun yangi ufqlarni ochadi",—deydi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.

    Boshqa yangiliklar