Bugun, 8 oktyabr kuni tongda Pokistonning Belujiston viloyatida kuchli zilzila sodir bo`ldi.
O`zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabariga ko`ra, Shavkat Mirziyoev zilzila oqibatida ko`plab insonlar qurbon bo`lgani va jarohat olgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Orif Alviy va Bosh vaziri Imron Xonga hamdardlik bildirdi.






