1

Turkiyada prezidentni haqorat qilgan 5 kishi hibsga olindi

Dunyo 14.04.2016, 14:47
Teglar: Turkiya
Turkiyada prezidentni haqorat qilgan 5 kishi hibsga olindi

Turkiyaning janubiy-sharqida joylashgan Shonliurfa provinsiyasida Xilvan shahrida yashovchi besh kishi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`onni haqorat qilganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda

Avvalroq Turkiya polisiyasi prezidentni haqorat qilgan olti kishini qo`lga olgan edi. Biroq sud ulardan birini ozod qildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, hibsga olinganlar Erdo`g`onni ijtimoiy tarmoqlar orqali haqorat qilgan. Bundan tashqari ular Turkiyada taqiqlangan Kurdiston Ishchi partiyasi terrorchilik guruhiga a`zolikda ham ayblanmoqda. 

Turkiya adliya vaziri Bekir Bozdagning aytishicha, mamlakatda yashovchi 1845 nafar fuqaroga nisbatan Erdo`g`onni haqorat qilish bo`yicha ayblovlar ilgari surilmoqda. Turkiya qonunlariga ko`ra, prezidentni haqorat qilgan fuqaroga nisbatan jarima yoki bir yildan to`rt yilgacha qamoq jazosi qo`llaniladi.

Sharhlar

Samarqandlik firibgar Istanbulda ushlandi

08.05.2024, 12:20

1979 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan  Raximov Ozod Sadulloevich Istanbul shahrining Fatix tumanida qo`lga olindi. U  u firibgarlik va odam savdosi bilan shug`ullanganlikda ayblanmoqda.Bu haqida Bosh...
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini uzdi

03.05.2024, 14:22

Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini to`xtatdi. Bu haqda Bloomberg agentligi ikki turk rasmiysiga asoslanib xabar bermoqda.Ularga ko`ra, 2 maydan boshlab Anqara yahudiy davlatiga barcha eksport va...
Endi Turkiyani suv bosmoqda (video)

01.05.2024, 16:06

Mamlakat poytaxtida yoqqan kuchli yomg`ir sabab Anqara ko`chalarini suv bosdi. Bu haqda TRT haber ma`lum qildi.Buning oqibatida shahar transport tizimi va aeroport ishida uzilishlar kuzatilgan.“Yo`llar...
Erdo`g`an Iroq bilan munosabatlarda burilish nuqtasi borligini ma`lum qildi

22.04.2024, 20:57

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`anning Iroqqa tashrifi va uning doirasida imzolangan kelishuvlar Turkiya-Iroq munosabatlarida yangi burilish nuqtasi bo`lishiga ishonch bildirdi. Bu haqda davlat rahbari Iroq...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1