AsosiyDunyo

Afg`onistondagi masjidda namoz paytida yuz bergan portlash bo`yicha O`zbekiston munosabat bildirdi

'Afg`onistondagi masjidda namoz paytida yuz bergan portlash bo`yicha O`zbekiston munosabat bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston kecha, 8 oktyabr kuni Afg`onistonning Qunduz shahrida juma namozi paytida ko`plab qurbonlarni keltirib chiqargan terrorchilik harakatini keskin qoralaydi. Bu haqda Respublika Tashqi ishlar vazirligi bayonotida so`z boradi.

 

"Bunday zo`ravon harakatlar Afg`onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik va milliy kelishuvni o`rnatishga to`sqinlik qiladi.

O`zbekiston hukumati ushbu g`ayriinsoniy hujumda halok bo`lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga chuqur hamdardlik va ta`ziya izhor etadi”, deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar