AsosiyDunyo

Vladimir Putin sobiq rafiqasi bilan munosabatlari haqida gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat fuqarolari bilan jonli muloqotda sobiq rafiqasi bilan munosabatlari haqida gapirdi.

“Biz Lyudmila Aleksandrovna bilan uchrashib turamiz. Tez-tez deyolmayman, goh-gohida uchrashib turamiz”, – dedi Putin.

“Munosabatlarimiz juda yaxshi. Balki, avvalgidan ham yaxshiroq”, – deya qo`shimcha qildi  prezident.

Prezident rafiqasi haqida ayrim ommaviy axborot vositalarida paydo bo`lgan ma`lumotlar haqida shunday dedi:

“Men bilamanki, unda hammasi yaxshi. Gazetalarda yozilayotgan ma`lumotlar esa boshqa mavzu”. 

Putin sobiq rafiqasi hayotidan mamnun ekanligini alohida ta`kidlab o`tdi. “Men ham mamnunman. Menda ham hammasi yaxshi”,—deya qo`shimcha qildi prezident. 

Prezident shuningdek,jurnalistlardan shaxsiy hayot haqidagi savollarni kamroq berishni so`radi.

Boshqa yangiliklar