AsosiySport

Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatida ikkita medalni qo`lga kiritishdi

'Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatida ikkita medalni qo`lga kiritishdi'ning rasmi

Italiyaning Olbiya shahrida dzyudo bo`yicha yoshlar o`rtasidagi jahon chempionati o`z yakuniga etib bormoqda. Terma jamoamiz ushbu musobaqaning yakkalik bahslarini 1 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar bermoqda.

-100 kg vazn toifasi finalida gruziyalik Iliya Sulamanidze bilan bahs olib borgan Suhrob Rajabov, afsuski, imkoniyatni boy berib qo`ydi va chempionatni kumush medal bilan tugatdi. 

Ushbu vaznda bronza medali uchun kurashgan O`tkirbek To`raboev esa germaniyalik Kilian Kappelmaerga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. +100 kg vaznda bronza medali uchun kurashgan boshqa bilan polvonimiz Shohruh Mamarasulov raqibiga mag`lub bo`ldi.

Shu tariqa terma jamoamiz yakkalik bahslarini 1 tadan kumush va bronza bilan yakunladi. Ertaga dzyudochilarimiz aralash jamoaviy dasturda ishtirok etishadi. Undagi dastlabki raqib Germaniya jamoasi bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar