AsosiyDunyo

O`zbekiston yangi yil bayramlarini nishonlash uchun eng jozibali joylar beshligiga kiritildi

'O`zbekiston yangi yil bayramlarini nishonlash uchun eng jozibali joylar beshligiga kiritildi'ning rasmi

Reytingni Polshaning Gazeta.pl nashri tuzgan.  Bu haqda Sputnik O`zbekiston xabar bermoqda.

O`zbekiston Shvesiya va Avstriyadan keyin uchinchi o`rinni egallagan.

Nashr O`zbekiston Sharqning mashhur durdonasi va Osiyodagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biri ekanligini qayd etgan.

O`quvchilarga qadimiy Buxoro, Xiva va Samarqand bo`ylab juda boy va o`ziga xos yo`nalish taklif qilingan.

Sayyohlarga Toshkentga ham tashrif buyurish tavsiya qilingan. Nashr poytaxtda o`z milliy xususiyatlarini saqlab qolgan Markaziy Osiyodagi eng katta bozor – Chorsu joylashganiga e`tibor qaratgan. Yana bir diqqatga sazovor joy sifatida zamonaviy Mustaqillik maydoni ko`rsatilgan.

 

    Boshqa yangiliklar