Ayni kunlarda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida og`ir atletika bo`yicha jahon chempionati bo`lib o`tmoqda.
Musobaqaning uchinchi kungi bahslari O`zbekiston uchun omadli kechdi.
Gap shundaki, O`zbekiston o`smirlari og`ir atletika bo`yicha jahon chempionatida yana 4 medalni qo`lga kiritdi.
Turizm va sport vazirligining qayd etishicha, dastlab, musobaqada -61 kg vazn toifasida Madinabonu Jo`raeva ikkikurash natijasiga ko`ra, umumiy 179 kg natija qayd etib, 5-o`rinni qo`lga kiritgan.
-71 kg vazn toifasidasidagi siltab ko`tarish mashqida esa O`zbekistonlik Sevinchoy Komilova 111 kg natija qayd etib, 3-o`rinni egalladi va terma jamoa hisobiga bronza medalini qo`shib qo`ygan.
Nigora Suvonova ham siltab ko`tarish maqshlarida ham ajoyib natija qayd etgan. U 114 kg natija bilan kumush medal sohibasiga aylandi.
Shuningdek, u dast ko`tarishda eng yuqori natijasi 92 kg shtangani o`ziga bo`ysundirib, yana bir kumush medaliga sazovor bo`lgan.
E`tiborlisi, ikkikurash natijasiga ko`ra ham Nigora ikkinchi o`rinni band etib, jahon chempionatidan 3ta medal bilan qaytadigan bo`ldi.






