AsosiySport

Shahram G`iyosov va Hasanboy Do`smatov jahon chempionatiga boruvchi terma jamoa tarkibiga kiritildi

'Shahram G`iyosov va Hasanboy Do`smatov jahon chempionatiga boruvchi terma jamoa tarkibiga kiritildi'ning rasmi

Joriy yilning 22 oktyabr – 7 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo`yicha jahon chempionati bo`lib o`tadi.

 Ushbu jahon chempionatida ham O`zbekiston milliy terma jamoasi to`liq tarkib bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladigan musobaqaga O`zbekistonliklar ham tayyorgarlik ko`rishmoqda. 

Vazirlikning ta`kidlashicha, terma jamoaning bu tarkibiga Rio olimpiadasi vise chempioni, 2017 yil Germaniyada o`tkazilgan jahon chempionati g`olibi Shahram G`iyosov va Olimpiya chempioni Hasanboy Do`smatov ham kiritilgan.

Shuningdek,  jamoaning asosiy tarkibidan Nodirjon Mirzahmedov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Abdumalik Xalokov, Mujibullo Tursunov, Asadxo`ja Mo`ydinxo`jaev, Saidjamshid Jafarov, Odiljon Aslonov, Shohjahon Abdullaev, Madiyor Saidrahimov, Lazizbek Mullajonov joy olgan.

"Bokschilarimiz bosh murabbiy Marat Qurbonov rahbarligida mashg`ulotlar olib bormoqda",–deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar