AsosiySiyosat

O`zbekiston Prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili Pokiston Elchisi bilan uchrashdi

'O`zbekiston Prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili Pokiston Elchisi bilan uchrashdi'ning rasmi

2021 yil 11 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili Ismatilla Irgashev Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sayid Ali Asad G`iloniy bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi va ziddiyatdan keyingi davrda tomonlarning o`zaro munosabatlari masalalari ko`rib chiqildi.

Afg`onistonda tinchlik va barqarorlikni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan ikki tomonlama hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xususan, ShHT doirasida birgalikdagi sa`y-harakatlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish uchun mintaqa davlatlari tomonidan afg`on xalqiga har tomonlama iqtisodiy va gumanitar yordam ko`rsatishni davom ettirish muhimligi ta`kidlandi.

Boshqa yangiliklar