AsosiyDunyo

Germaniyada halol mahsulotlar bozori ochildi

'Germaniyada halol mahsulotlar bozori ochildi'ning rasmi

Germaniyaning Kyoln shahrida o`tkazilayotgan Jahon oziq-ovqat va ichimliklar yarmarkasida halol mahsulotlar bozoriga yo`naltirilgan formatda Anuga Halal Market bozori tashkil etildi.

Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.  

Qayd etilishicha, halol bozor ham qiyinchilik, ham yangi imkoniyatni o`zida namoyon qiladi.

Xabarda aytilishicha, halol mahsulotlarning zarur shaffofligi va sanoatlashuvi Germaniyada yashovchi besh milliondan ortiq va Evropa bo`ylab 50 milliondan ortiq musulmonlarning xavfsizligi va sifat talablariga javob beradigan sertifikatlashni talab qiladi.

Shuningdek, 2021 yilning 9 oktyabridan 13 oktyabriga qadar chakana savdo shoxobchalarida bo`lib o`tadigan Anuga Halal Market bozori go`sht va sut mahsulotlaridan tortib muzlatilgan oziq-ovqat, shirinlik va yaxna ovqatlargacha bo`lgan halol sektorning butun taklifini qamrab oladi.

Shu jumladan, Islam.ru xabariga ko`ra, maxsus ko`rgazma oziq-ovqat chakana savdosi vakillariga halol mahsulotlarning assortimenti bilan tanishib chiqish imkonini beradi.

Boshqa yangiliklar