Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi taqiqi bo`lgan 150 ming o`zbekistonlik va 150 ming tojikistonlik mehnat migranti uchun mamlakatga kirishga ruxsat berdi.
Rossiya migrantlar federasiyasi rahbari Vadim Kojenovning ma`lum qilishicha, yuqoridagi migrantlar toifasiga faqat Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqiq qo`yilgan fuqarolar kiradi. Sud qarori bilan taqiqqa tushgan fuqarolar uchun Rossiya chegarasi belgilangan muddatga qadar yopiq hisoblanadi.
Amnistiyaga tushgan fuqarolar joriy yil 18 avgust kuni ma`lumotlar bazasidan olib tashlangan. Shu bilan birga, fuqaro unga mamlakat hududiga kirishga ruxsat berilganiga ishonch hosil qilish uchun Ichki ishlar vazirligi saytidan ma`lumotlarni tekshirib ko`rishi maqsadga muvofiq.
Shuningdek, migrasion ro`yxatdan o`tgan, lekin ruxsat beruvchi hujjatlarini joriy yil 30 sentyabrgacha uzaytirishga ulgurmagan mehnat migrantlari shu yilning 30 dekabrigacha hujjatlarini rasmiylashtirishi mumkin.






