Xonanda Lola Yo`ldosheva yangi klip suratga olish uchun kasting e`lon qildi.
“Erkatoy” deb nomlangan taronaga olinadigan klipga jinsi, bo`yi, vaznidan qat`i nazar 1 dan 12 yoshgacha bo`lgan bolalar taklif etiladi.
Kasting 16 dan 19 aprelga qadar o`tkaziladi.
Hakamlar hay`ati sifatida Lola Yo`ldosheva, Sanjar Matkarimov hamda Narimon Sultonxo`jaevlar ishtirok etadi.
G`oliblar 20 aprel kuni e`lon qilinadi.





