Braziliya razvedkasi terrorchi Maksim Osharning ularning navbatdagi nishoni Braziliya ekanligi haqidagi bayonotidan xavotirga tushdi. Ma`lumotlarga ko`ra, terrorchilar joriy yilning yoz oylarida Braziliyada o`tkaziladigan Olimpiada musobaqasida terakt uyushtirishni rejalashtirishgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Terrorizmga qarshi kurash departamenti boshlig`i Luiz Alberto Sallaberrining aytishicha, so`nggi oylarda boshqa mamlakatlarda sodir etilayotgan teraktlar oqibatida terrorchilik xavfi sezilarli darajada oshgan. Bundan tashqari braziliyaliklar orasida jangarilarni qo`llab-quvvatlovchi fuqarolar ham ko`payib bormoqda.
Fransiya hukumati Braziliyaga terroristik xavfning imkoniyatlari to`g`risidagi milliy razvedka ma`lumotlarini berishga va`da qilgan. Yozgi “Olimpiada-2016” sport musobaqasida davrida xavfsizlik choralari ishlari sifatini yaxshilash maqsadida shu qarorga kelingan.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius: “Parijda 14 noyabr kuni sodir etilgan terakt dunyoning istalgan joyida, istalgan vaqtida sodir etilishi mumkin, shuning uchun terrorizmga qarshi kurashda barcha birday ishtirok etishi lozim”, - dedi.
“Hamkasbimning ma`lumotlar almashinuvi haqidagi fikrini Braziliya hukumati mamnuniyat bilan qo`llab-quvvatlaydi”, – dedi unga javoban Braziliya tashqi ishlar vaziri Mauro Vieyra.
Braziliyada o`tkaziladigan Olimpiada o`yinlari davrida xavfsizlikni 85 ming kishi, shu jumladan 47 ming polisiyachi va 38 ming harbiy askar ta`minlaydi. Bu ilgari London shahrida o`tkazilgan Olimpiada o`yinlari vaqtidan 2 barobar ko`p. Olimpiada o`yinlari 5 dan 21 avgustga qadar Rio-de-Janeyro shahrida o`tkaziladi.





