AsosiyDunyo

Gruziyada bolalar orasida xavfli infeksiya ko'paymoqda

'Gruziyada bolalar orasida xavfli infeksiya ko'paymoqda'ning rasmi

Gruziyada o`smirlar orasida koronavirus kuchaymoqda. Bu sinflar va maktabgacha ta`lim muassasalarida o`quv jarayonining boshlanishi bilan bog`liq ekani aytilmoqda.

– Maktab va bolalar bog`chalari ochilganidan keyin kasallanishlar soni keskin oshdi. Bu, ayniqsa, so`nggi bir necha kun ichida yaqqol sezilmoqda. Shifoxonada bemorlar soni ortib bormoqda, – dedi Sisishvili nomidagi bolalar shifoxonasi direktori David Rexviashvili “Imedi” telekanaliga bergan intervyusida.

Ta`kidlanishicha, ayni paytda Sisishvili shifoxonasida 150 ga yaqin o`smir bemor va ularning ota-onalari davolanmoqda.

“Gruziya yangiliklari” agentligi xabar berishicha, 23 nafar bola jonlantirish bo`limida bo`lib turibdi. Poytaxt Tbilisida koronavirus tufayli 55 ta bolalar bog`chasi 12 kunga yopilgan, 7 ta maktab va 90 ta xususiy sinflar masofadan turib o`qish tizimiga o`tgan.

    Boshqa yangiliklar