AsosiySport

Yaponiya o`z maydonida Avstraliyani mag`lubiyatga uchratdi, Eron-Janubiy Koreya o`yinida g`olib aniqlanmadi

'Yaponiya o`z maydonida Avstraliyani mag`lubiyatga uchratdi, Eron-Janubiy Koreya o`yinida g`olib aniqlanmadi'ning rasmi

JCh-2022 saralash bosqichining Osiyo mintaqasida 4-tur uchrashuvlari bo`lib o`tmoqda.  

Xususan “A” guruhi peshqadamlari – Eron va Janubiy Koreya uchrashuvida kuchlar teng keldi, - 1:1.

“V” guruhida Yaponiya - Avstraliya uchrashuvida darvozlaraga 3ta to`p kiritildi. Unda “kunchiqar yurt” vakillari 2:1 hisobidagi g`alabani qo`lga kiritdi va ochkolari sonini 6taga etkazib, guruhda 3-o`ringa ko`tarilib oldi. Avstraliya esa 9 ochko bilan 1-o`rinda qoldi.

JCh-2022 saralashi. Osiyo mintaqasi

“A” guruhi

Eron-Janubiy Koreya – 1:1

Gollar: Jahonbaxsh (76) – Son Xyon Min (49)

“B” guruhi

Yaponiya – Avstraliya – 2:1

Gollar: Tanaka (8), Bexich (85, avtogol) – Xrustich (70)

Izzatbek Abduvahobov tayyorladi

    Boshqa yangiliklar