AsosiySport

Sambo: O`smir va yoshlarimiz Jahon chempionatida qatnashish uchun Gresiyaga jo`nab ketishdi

'Sambo: O`smir va yoshlarimiz Jahon chempionatida qatnashish uchun Gresiyaga jo`nab ketishdi'ning rasmi

Shu yil 14-17-oktyabr kunlari Gresiyaning Saloniki shahrida o`smirlar va yoshlar o`rtasida Jahon chempionati o`tkaziladi. Ushbu nufuzli musobaqada o`zbekistonlik yosh sambochilar ham medallar uchun kurash olib borishadi.

Bugun terma jamoamiz bahslarda ishtirok etish uchun Gresiyaga yo`l olishdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Terma jamoamiz Jahon chempionatiga quyidagi tarkibda jo`nab ketdi:

Yoshlar:

-58 kg: Aʼzam Rashidov,

-64 kg: Shahriyorbek Mamatqulov,

-71 kg: Musoxon Ziyadinov,

-79 kg: Xudoyor Ibroyimov,

-88 kg: Ernazar Sarsenbaev,

-98 kg: Murod Erkinov,

+98 kg: Dilrux Asletdinov.

Qizlar:

-47 kg: Eʼzoza Abdumo`minova,

-50 kg: Gulhayo Jo`raeva,

-54 kg: Shahzoda Azatova,

-59 kg: Despina Bochkova,

-65 kg: Gulina Oblokulova.

O`smirlar:

-53 kg: Egambergan Iskandarov,

-64 kg: Behruz Amonov,

-79 kg: Shahzoxo`ja Sharipov,

-88 kg: Mirjalol Normo`minov,

-98 kg: Humoyun Po`latov,

+98 kg: Bektemir Normamatov.

O`smir qizlar:

-50 kg: Sabina Davlatova,

-54 kg: Gulchiroy Ismoilova,

-59 kg: Azada Aymuratova,

-65 kg: Indira Elmuratova,

-72 kg: Begoyim Hayitova.

Murabbiylar: Roman Shakirov, Ekaterina Bliznesova.

Yosh sambochilarimizga bo`lajak musobaqada omad va zafarlar yor bo`lishini tilaymiz.

 

Izzatbek Abduvahobov tayyorladi 

    Boshqa yangiliklar