Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida yuk mashinasi va yo`lovchi avtobus o`rtasida halokat yuz berdi. Bu haqda Interfaks-Ozarbayjon nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo`qotib, harakatlanib ketayotggan yo`lovchi avtobusiga borib urilgan. Natijada, avtobus ag`darilib ketgan.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligi bergan xabarga ko`ra, baxtsiz hodisa oqibatida 5 kishi halok bo`lgan, 10dan ortiq odamning aholi og`ir.
Izzatbek Abduvahobov tayyorladi






