Gongkongda kuchli tayfun yopirilgani oqibatida bir kishi halok bo`ldi. Bu haqda South China Morning nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bo`ron tufayli 20 kishi jarohatlangan. Hukumat rasmiylari qarori bilan Qonunchilik kengashining har haftalik yig`ilishini keyingi muddatga qoldirdi. Maktab darslari va fond bozoridagi savdo ham to`xtatildi.
Manbada aytilishicha, kuchli shamol tufayli 31 yoshli erkak motosikl boshqaruvini yo`qotib, chiroq ustniga borib urilgan. Keyinchalik u kasalxonaga yotqizilgan bo`lsa-da, shiofkorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan.






