AQSh Tayvanga mudofaa sohasida yordam berishda davom etadi. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Jon Kirbi ma`lum qildi.
Uning so`zlariga ko`ra, AQSh Xitoyning Tayvan yaqinidagi harakatlaridan jiddiy xavotirda va uni beqarorlashtiruvchi faktor sifatida baholaydi.
“Biz Pekinni ushbu harbiy, diplomatik va iqtisodiy bosimdan voz kechishga chaqiramiz. Biz Tayvan ko`rfazining har ikki qirg`og`ida tinchlikdan manfaatdormiz, shuning uchun Tayvanga mudofaa qudratini saqlab turishi uchun ko`mak berishda davom etamiz”, – degan Kirbi.
Shu bilan birga, Pentagon rasmiy vakili Vashingtonning ushbu harakatlari “Yagona Xitoy” siyosatiga mos kelishini alohida ta`kidladi. Tayvanni qo`llab-quvvatlash esa “XXR tomonidan kelayotgan tahdidlarni oldini olishga qaratilgan”.
Ma`lumot o`rnida: 1949 yildan buyon Tayvan va Xitoy amalda bir-birini tan olmasdan kelmoqda. 1971 yilda Xitoy BMT xavfsizlik kengashiing doimiy a`zosi sifatida Tayvanning o`rnini egalladi. Jahon hamjamiyati orolni Xitoyning bir qismi sifatida tan olsa-da, Pekin G`arbni ikki xil standartlarda ayblamoqda.






