Pentagon rahbariyati oktyabr oyida O`zbekiston bilan Qo`shma Shtatlarning aksilterror kuchlarini joylashtirish imkoniyatlarin muhokama qiladi. Bu haqda Politika nashri xabar bermoqda.
Nashrda aytilishicha, Pentagon rahbariyati mazkur masalani ko`rib chiqish maqsadida oktyabr oyiga yakuniga qadar O`zbekistonga tashrif buyuradi.
“Kun tartibidagi asosiy masala ufdqdan tashqaridagi terrorizmga qarshi kuchlarni joylashtirish imkoniyati ko`rib chiqish. Bundan kelishuv AQSh harbiylariga Afg`onistondagi nishonlarni yaxshiroq kuzatish va ularga berish imkoniyatini beradi”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq, Jo Bayden ma`muriyati Afg`oniston bilan chegaradosh davlatlar bilan mazkur masalani muhokama qilish istagida ekanini ma`lum qilgandi. Keyinchalik muzokaralar qanday natija bergani borasida hech narsa aytilmagan.
Izzatbek Abduvahobov tarjima qildi






